22-dekabr, seshanba kuni “Nyu-York Jets” amerikacha futbol klubi Jo Anderson bilan shartnoma imzoladi. Anderson yaqin-yaqingacha ishga qabul qilish haqida yalinib yurgandi, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.
Yanvar oyining boshida Texas universiteti talabasi MFL (Milliy futbol ligasi)da o‘ynashni juda-juda xohlagani tufayli tilanchiga aylangani haqida xabar qilingandi. Anderson har kuni futbol klublari stadioni oldiga kelib, unga imkoniyat berishini jamoa rahbariyatidan iltimos qilardi.
“Men bu bilan faxrlanaman va bu meni qanchalik og‘ir bo‘lmasin barchasini tashlab ketmaslikka ruhlantiradi”, — dedi Jo.
Izoh (0)