2015-yilning 25-dekabr kuni Termiz shahrida XII bora tashkil etilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Al-Hakim at-Termiziy xotira turniri o‘z g‘oliblarini aniqlaydi. Bu haqda Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Mazkur nufuzli turnir 1993-yildan beri muntazam har ikki yilda bir o‘tkazilib kelinadi. O‘tgan davr mobaynida dunyoning 100 ga yaqin davlatidan 700 nafardan ziyod polvonlar Termiz gilamlarida kuch sinashdi.
An’anaviy ravishda joriy yilda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi turnir ham mutlaq vaznda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun bo‘lib o‘tadi.
Farqli ravishda bu yilgi musobaqalar tashkiliy qo‘mita qaroriga asosan Respublika miqyosida o‘tkaziladi.
Har bir viloyatdan 4 nafardan va mezbon Surxondaryo viloyatidan 10 nafar hamda kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari to‘liq tarkibi kuch sinashadi.
Izoh (0)