Janubiy Karolina shtatidan respublikachi senator Lindsi Grem AQSh prezidentligi uchun kurashdan chiqqanini ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
60 yoshli siyosatchi o‘z tarafdorlariga qilgan telemurojaatida “davlat qarzini kamaytirish va immigratsiya tizimini isloh qilish yo‘llarining amalga oshirish mumkin bo‘lgan yechimlarini taklif etgani”ni ta’kidlab o‘tdi.
Biroq senator o‘z tarafdorlarini prezidentlik uchun kurashayotgan Respublikachilardan birontasining nomzodini qo‘llab-quvvatlashga chaqirmadi.
Grem iyun oyida saylov oldi poygasiga qo‘shilgan, Respublikachilarning saylovchilari orasida uning mashhurligi 2—3 foiz atrofida edi. 15-dekabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan joriy yildagi so‘nggi teledebatlarda u Respublikachilar partiyasidagi yaqqol autsayderlar safiga kiritilgan edi.
AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasidan Donald Tramp, Ted Kruz, Ben Karson, Mark Rubio, Jeb Bush, Jon Keysik, Karli Fiorina, Kris Kristi, Rend Pol, Rik Santorum, Bobbi Jindal va Jorj Pataki kurashni davom ettiradi.
Izoh (0)