Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyada to‘qqiz nafar rossiyalik harbiy xizmatchining halok bo‘lgani haqidagi xabarlarni rad etdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Bu haqda vazirlik matbuot xizmatining xabarida aytiladi.
Oldinroq “Dojd” telekanali sayti The Wall Street Journal nashriga tayanib, Suriyada shartnoma asosida xizmat qilayotgan to‘qqiz nafar harbiyning oktabr oyida halok bo‘lgani haqida ma’lumot chop etgan edi.
“Nashr Amerikaning The Wall Street Journal gazetasi tekshiruvlariga tayanmoqda, lekin unda nafaqat rossiyalik harbiy xizmatchilar quruqlikdagi operatsiyalarda ishtirok etmayotgani, balki ularning aynan Suriya hududida halok bo‘lgani haqida ham hech narsa aytilmagan”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Mudofaa vazirligi ma’lumotlarni yaxshilab tekshirishga va “arzimas sensatsiyalar” bilan chalg‘itmaslikni tavsiya qildi.
Izoh (0)