iPhone’ning eski avlodidan foydalanuvchi amerikaliklar o‘z gadjetlarining noto‘g‘ri ishlashini aniqladi va Apple kompaniyasini sudga berdi. Bu haqda MacRumors nashri ma’lumotiga tayanib, “Hi-tech.mail.ru” xabar beradi.
iPhone 5 va 5s smartfonlaridagi dasturiy nosozlik smartfonni Wi-Fi tarmog‘iga ulangan holatda ham mobil internetdan foydalanishga majbur qiladi. Natijada gadjet egalari aloqa uchun katta xarajatlar sarflash holatiga duch keldi.
Da’vogarlarning ta’kidlashicha, gadjet katta hajmdagi ma’lumotlarni yuklab olish davomida 10—20 daqiqadan so‘ng, Wi-Fi’dan foydalanishni to‘xtatib, mobil internetga ulanadi. Foydalanuvchilar kamchilikni Amerikaning AT&T operatori tarmog‘ida aniqladi.
Nosozlik asosan video ko‘rish davomida yuzaga keladi. Bunda faqat grafik tezlatkich ishlab, protsessor quvvatni tejash uchun uyqu rejimiga o‘tish davomida Wi-Fi’ni ham o‘chiradi.
Izoh (0)