Xitoyda joylashgan Pegatron zavodining o‘n nafar xodimini juda yirik hajmdagi o‘g‘irlik uchun hibsga olishdi, deya xabar bermoqda “Hi-tech.mail.ru”. Ular korxonadan jami qiymati 154 ming dollarlik Apple qurilmalari va butlovchi qismlarini chiqarib ketgan.
Pegatron Apple’ning asosiy shartnomachi sheriklaridan biri hisoblanadi. Kompaniya xodimlari shtati 100 ming kishidan ortiq bo‘lib, o‘tgan yilning o‘zidayoq Kunshandagi zavod iPhone 6s’ni yig‘ish bo‘yicha buyurtmalarni bajarish uchun 40 ming kishini yolladi.
Jinoyatlarda to‘rt nafar oshxona ishchisi va olti nafar yig‘uvchi xodim qatnashgan. Avvalroq ulardan ikki nafari beshta iPhone 6’ni o‘marishga ulgurgan — qurilmalarni hojatxonaga yashirishgan va oshxona ishchilariga topshirishgan.
Keyinchalik zavodga yovuz niyatlilarning sheriklari ham ishga kirgan. 2014-yil iyunidan 2015-yil yanvarigacha o‘n nafar jinoyatchi zavod hududidan jami qiymati 154 ming dollarlik 227 ta iPhone, 360 ta tizim paneli va 58 ta akkumulyatorni chiqarib ketgan, buning uchun ular 7 oydan 8 yilgacha bo‘lgan muddatga qamalishi mumkin.
Izoh (0)