31-oktabrga o‘tar kechasi Buxarest shahridagi tungi klubda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida jarohatlangan yana bir bemor Germaniya shifoxonasida vafot etdi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, halok bo‘lganlar soni bu bilan 61 nafarga yetib, Buxarest shifoxonalariga joylashtirilgan yana 22 nafar bemorning ahvoli og‘ir. Ulardan ikki bemorning ahvoli juda og‘ir holatda.
Eng jiddiy jarohat olganlarning yigirma nafarga yaqini yordam qo‘lini cho‘zgan Niderlandiya, Norvegiya, Belgiya, Germaniya, Isroil va boshqa mamlakatlardagi shifoxonalarga yuborilgan.
Ayrim bemorlar parvozni ko‘tara olmay, yo‘lda vafot etdi. Yong‘in sodir bo‘lgandan keyin 27 nafar kishi halok bo‘lganligi va yana 200 ga yaqin tan jarohati olganlar shifoxonaga yotqizilganligi ma’lum qilingan bo‘lib, vafot etganlar soni hozirga qadar ko‘paymoqda.
Eslatib o‘tamiz, Vena shifoxonasida 19 yoshli Aleksandr Xojyaning vafotidan so‘ng, Ruminiya poytaxtidagi tungi klubda yuz bergan yong‘in qurbonlari soni 60 kishiga yetgan edi.
Izoh (0)