Yaponiyaning maishiy texnika ishlab chiqaruvchi dunyoga mashhur Toshiba korporatsiyasi Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatdi. Korporatsiya Rossiya bozorini to‘liq tark etgani haqida “Toshiba Rus MChJ” bosh direktori Xiroaki Tezuka ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
Tezuka korporatsiyaning oxirgi mahsulotlari — televizorlar, muzlatgichlar va termoslar distribyutorlar hamda savdo tarmoqlariga 2014-yil dekabrida yetkazib berilganini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya bozorida Janubiy Koreya kompaniyalari tomonidan yuqori raqobat mavjudligi tufayli faoliyat olib borish og‘ir bo‘lgan. Samsung va LG kompaniyalari hisobiga televizorlar bozorning 70 foizi, Toshiba hissasiga esa atigi 10 foizi to‘g‘ri kelgan.
Izoh (0)