Rossiya maxsus xizmatlari A321 halokatiga terrorchilik harakati sabab bo‘lgan deb hisoblaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Misrning ayni paytda A321 bortida terakt sodir bo‘lganidan darak beruvchi dalil yo‘qligi haqidagi bayonotiga izoh berar ekan.
“Birgina narsani eslatishim mumkin, tegishli maxsus xizmatlarimiz ekspertlari bu terakt bo‘lgani haqidagi xulosaga kelgan edi”, — deya Peskov nutqidan iqtibos keltirdi “RIA Novosti”.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Misrdagi tergov 31-oktabr kuni Sinay yarim orolida halokatga uchragan A321 bortida terakt sodir bo‘lganiga ishora qiluvchi dalillar yo‘qligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)