“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi 2015-yil 4-dekabridan O‘zbekiston provayderlari uchun tashqi kanal internet-xizmatlari tariflarini 1 Mbit/s uchun 177,23 dollargacha pasaytirganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Infocom.uz” xabar beradi.
Joriy yilda tariflar bungacha ham bir necha marta: 1-yanvardan 1 Mbit/s uchun 259,29 dollargacha, 7-yanvardan 257,42 dollar, 8-yanvardan 253,74 dollar, 22-yanvardan 251,94 dollar, 27-fevraldan 240,2 dollar, 17-martdan 233,27 dollar, 2-iyundan 219,01 dollar, 11-iyundan 206,97 dollar, 1-iyuldan 205,12 dollar, 22-iyuldan 204,01 dollar, 3-avgustdan 202,9 dollar, 1-oktabrdan 201,83 dollar, 9-oktabrdan 199,68 dollar, 1-dekabrdan 190,07 dollar, 2-dekabrdan 185, 17 dollar va 4-dekabrdan 177,23 dollargacha arzonlashtirildi.
Izoh (0)