Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Suriyada IShIDga qarshi kurash kampaniyasida ishtirok etayotgan Rossiya samolyotini urib tushirishga shaxsan buyruq bergan. Bu haqda WikiLeaks anonim manbaga tayanib Twitter’da e’lon qilgan axborotda ma’lum qilingan, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
WikiLeaks ta’kidlashicha, Erdo‘g‘on Su-24 urib tushirilishidan olti hafta avval shunday ko‘rsatma bergan. Manbaga ko‘ra, Turkiya rahbari hukumatni birlashtirish va qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘lish uchun “mamlakatni Rossiya bilan urush yoqasiga keltirish”ga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya prezidenti urib tushirigan samolyot Rossiyaga tegishli ekanligini bu haqda Rossiya hukumati e’lon qilgandan keyingina bilganligini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)