BMT bosh kotibi Pan Gi Mun 6-dekabr kuni, Parijda 13-noyabrda sodir bo‘lib, 130 kishining hayotiga zomin bo‘lgan teraktlar qurbonlarini xotirladi, deya xabar bermoqda “TASS”. U poytaxtdagi Bataclan konsert zali binosi yoniga gul qo‘ydi, u yerda terrorchilar qo‘lidan fojianing eng ko‘p qurbonlari halok bo‘lgan edi.
Shundan so‘ng bosh kotib Parij meri Ann Idalgo bilan birga o‘sha mash’um tunda otishmalarning yana bir manzili bo‘lgan va ikki kungina avval qaytadan ish boshlagan La Bonne kafesiga bordi.
Pan Gi Mun Parij so‘nggi vaqtlarda haqiqiy “qarshilik timsoli”ga aylanganini ta’kidladi.
BMT bosh kotibi Parijda BMTning iqlim o‘zgarishi masalalariga bag‘ishlangan jahon anjumanida qatnashmoqda. Teraktlar sodir bo‘lgan joylarga u o‘z tashabbusi bilan tashrif buyurdi.
Izoh (0)