Liviyada 6-dekabr, yakshanba kuni mamlakatning sobiq rahbari Muammar Qaddafiyning o‘g‘li Sa’diy ustidan sud jarayoni qaytadan boshlanishi kutilmoqda. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi.
Qaddafiyning uchinchi o‘g‘li o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkin. Tergov uni Liviya futbol federatsiyasini boshqargan payt futbolchini o‘ldirganlikda, shuningdek, otasi ayblangan jinoyatlarga aloqadorlikda gumon qilmoqda. Oldinroq Sa’diyning akasi Sayf al Islom va yana sakkiz nafar sobiq oliy martabali mansabdor oliy jazoga hukm etilgandi. Ular ayni paytda qamoqda hukm ijro etilishini kutmoqda.
Sa’diyning advokati Melinda Teylor uni ham shunday qismat kutayotganidan xavotirda ekanligini yashirmadi. Teylor kichik Qaddafiyning ishi Liviyadagi harbiy jinoyatlarni tekshirishga vakolat olgan Xalqaro jinoiy sudda ko‘rilishi lozimligini ta’kidlamoqda.
Sa’diy Liviyadagi to‘ntarishdan so‘ng xorijda yashiringan, keyinchalik Nigerda qo‘lga olinib, yurtiga o‘tgan yil bahorida ekstraditsiya qilingandi.
Izoh (0)