Isroil gaz yetkazib berishni barbod qilgani uchun Misrdan sud orqali salkam 2 milliard dollar undirib oldi. Bu haqdagi qaror xalqaro arbitraj sudida chiqarildi, deya xabar beradi “Exo Moskvi”.
Gaz yetkazib berilishi 2011-yili, Sinay yarimorolidan o‘tuvchi gaz quvuri portlatib yuborilgach, vaqtincha to‘xtatilgan edi. 2012-yilda hukumat tepasiga kelgan Misrning yangi rasmiylari Isroilga gaz eksportini butkul to‘xtatishga qaror qildi.
Izoh (0)