Damashq Turkiya o‘z qo‘shinlarini shimoliy Iroq hududiga kiritganini qoraladi va uni suverenitetni buzish deb atadi. Bu haqda Suriya tashqi ishlar vazirligi bayonotiga tayanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
“Suriya Turkiya tomonidan Iroq chegaralari buzilganini qat’iy qoralaydi”, — deyiladi hujjatda. “Bu Adolat va taraqqiyot partiyasidan iborat Turkiya hukumatining Suriya va Iroqda, ularning suverenitetiga chang solayotgan vayronkorlik rolining davomidir”, — deya ta’kidladi Suriya TIV.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 130 nafar turk harbiy xizmatchisi Shimoliy Iroqning Mosul shahri yaqinidagi Bashik hududiga joylashtirilgani, Iroq buni o‘z suverenitetining buzilishi deb atagani va Turkiya qo‘shinlarining zudlik bilan chiqarilishini talab qilgani xabar berilgan edi.
Keyinroq Eron tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Husayn Amir Abdullaxon Turkiya Iroq shimolida qo‘shinlarini joylashtirib, mintaqaviy xavfsizlikni tahlikaga qo‘yayotganini ta’kidlagan edi.
Izoh (0)