Turkiya Iroq shimolida qo‘shinlarini joylashtirib, mintaqaviy xavfsizlikni tahlikaga qo‘ymoqda. Bu haqda 6-dekabr, yakshanba kuni Eron tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Husayn Amir Abdullaxon ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Turkiya hukumatining bunday xatti-harakati terrorizmga barham bermaydi, balki mintaqadagi xavfsizlikni tahlikaga qo‘yib, chalkashliklarga olib keladi. Eron Iroq hukumati bilan kelishuvsiz amalga oshirilgan bunday choralar vaziyatni izdan chiqaradi, deb hisoblaydi”, — deya ta’kidlagan vazir o‘rinbosari.
Eslatib o‘tamiz, Iroq tashqi ishlar vazirligi 5-dekabr, shanba kuni Turkiyaning mamlakatdagi elchisini chaqirib, Turkiya o‘z qo‘shinlarini mamlakatning shimoliy hududidan zudlik bilan olib chiqib ketishini talab qilgan.
Izoh (0)