Urganch tumanida noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanayotgan, “‘qorabozor’ga o‘rnashib olgan” aka-uka javobgarlikka tortildi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
Sudlanuvchilar Urganch tumanidagi bozor darvozasi oldida noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan vaqtda xolislar guvohligida fuqaro kiyimidagi huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga tushirilgan.
Tezkor tadbirda huquqbuzarlarning yonida 4406 dollar, 20 yevro, 33 ming qozoq tengesi, 58,2 ming rubl, 2,17 million so‘m borligi aniqlangan, ularning avtomashinasida ham valyuta qimmatliklari topilgan.
“Tergov jarayonida aka-uka o‘z qilmishiga iqror bo‘ldi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch tumani sudi hukmiga binoan, ular tegishli jazoga tortildi”, — deyiladi gazeta xabarida.
Izoh (0)