Yamanning Adan viloyati gubernatori Ja’far Muhammad Saad o‘qqa tutilgan va o‘ldirilgan. Bu haqda mahalliy rasmiylar va politsiyaga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”
Hodisa 6-dekabr, yakshanba kuni viloyat markazi — Adan shahrida ro‘y berdi. Gubernator va uning atrofidagilar bo‘lgan avtomobillar korteji granatomyotdan o‘qqa tutilgan.
Rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, hujum oqibatida Saadga yaqin kishilardan olti nafari halok bo‘lgan, yana bir necha kishi yaralangan.
Izoh (0)