Rossiya ikki tomonlama munosabatlardagi keskinlashuv energetika sohasidagi hamkorlikka ham daxl etishini namoyish etgani yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olib, Turkiya boshqa yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mahalliy telekanallardan birining efirida ma’lum qilgan, deya xabar beradi Meduza.
Erdo‘g‘on Turkiya keyingi kunlarda energiya manbalari yetkazib berish bo‘yicha Qatar va Ozarbayjon bilan kelishib olganini bildirdi. Uning aytishicha, mamlakat neft va gazga bo‘lgan ehtiyojining 90 foizdan ziyodini import hisobiga qoplaydi. Rossiya esa Turkiyaga energiya manbalarining eng yirik yetkazib beruvchisi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Erdo‘g‘on Turkiya Rossiyadan tashqari boshqa neft va gaz yetkazib beruvchilarni topishi mumkinligini bildirgandi.
Izoh (0)