“Avtostat” tahliliy agentligi ekspertlari 2015-yilning 10 oyi hisob-kitobiga ko‘ra, avtomobil sotish hajmi bo‘yicha yetakchi davlatlarni aniqladi. Ro‘yxat boshidagi Xitoyda 16 million 485 ming avtomobil sotilgan, deb xabar qiladi “Carzone.uz”.
Ikkinchi o‘rinni AQSh egallagan. Okean ortidagi davlatda 14 million 500 ming avtomobil xaridorini topgan. Kunchiqar yurt vakillari 4 million 279 ming avtomobilni sotishga muvaffaq bo‘lib uchinchi o‘rinni egallagan. Shuningdek, beshlikdan Germaniya (2 million 686 ming) va Hindiston (2 million 311 ming) o‘rin olgan.
Ro‘yxatning keyingi qatorlarida Buyuk Britaniya, Braziliya, Kanada, Fransiya, Janubiy Koreya, Italiya va Rossiya bor.
Izoh (0)