Volvo kompaniyasi “Kim boshqarayotganini tomosha qiling” deb nomlangan va to‘rt yoshli Sofi ismli qiz radiopult yordamida 18 tonnali FMX samosvalini boshqarayotgani tasvirlangan rolikni taqdim etdi. Shu orqali shvetsiyaliklar mashina va uning yangi tizimi — oldingi yetakchi ko‘prikni avtomatik ravishda qo‘shishning ishonchliligini namoyish etdi. Bu haqda Motor xabar bermoqda.
Sofi mashinani qurilish maydonida barpo etilgan to‘siqlar orasidan olib o‘tdi. Samosvalga rul g‘ildiragini aylantiradigan, tezlik va to‘xtashni boshqaradigan maxsus mexanizmlar o‘rnatilgandi.
FMX arqonda osilib turgan og‘ir qutiga urildi, o‘ng tarafi bilan baland bordyurdan yurib o‘tdi, uyni vayron qildi va ag‘darilib tushdi. Qiyalikdan qulagan mashina Sofining buyruqlari yordamida harakatni davom ettirdi.
Mazkur video Volvo Trucks kompaniyasining Live Test deb nomlangan roliklar turkumidagi uchinchisi bo‘ldi. Bungacha samosvalni og‘maxon boshqargan, Jan-Klod Van Damm esa harakatlanib turgan ikki shatak orasida shpagat namoyish etgandi.
Izoh (0)