Telegram asoschisi Pavel Durov Twitter’dagi akkauntida WhatsApp Android uchun dasturlarda Telegram’ga havolalarni filtrlashda aybladi. Durov shu tariqa Telegram’ga havolalardan foydalanish WhatsApp mijozlarining 80 foizi uchun imkonsiz bo‘lib qolganini ma’lum qilgan, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Bu ikki raqib messenjer vakillari o‘rtasidagi ilk ixtilof emas: o‘tgan yili WhatsApp asoschisi Yan Kum Durovni original g‘oyalar yo‘qligida ayblagan bo‘lsa, Durov Telegram’dagi yangi funksiyalar oradan hech qancha o‘tmay WhatsApp’da takrorlanishini kinoya qilgandi.
Izoh (0)