Singapur banklar assotsiatsiyasi Android’da ishlovchi smartfon egalarini WhatsApp messenjeri uchun soxta yangilanmalar orqali tarqaladigan yangi virus haqida ogohlantirdi, deya xabar bermoqda “Hi-tech.mail.ru”.
Virus foydalanuvchidan maxfiy ma’lumotlar, chunonchi kredit kartasi haqida axborot kiritishni so‘raydi, shundan so‘ng smartfon ustidan nazoratni qo‘lga oladi hamda SMS tarzida olingan bir martalik parol yordamida firibgarlik operatsiyalarini amalga oshiradi.
Ekspertlar smartfonlarga soxta yangilanmalar qanday tushib qolishiga aniqlik kiritmadi, shuningdek, bunday yo‘l bilan yetkazilgan zarar summasini ham keltirmadi.
Izoh (0)