AQSh ikki Koreya o‘rtasidagi aloqalar yaxshilanishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilmoqda. KXDR markaziy nashri — “Nodon sinmun” Vashingtonning Seulga 110 million dollar baholanayotgan Harpoon kemalarga qarshi qanotli raketalar turkumini yetkazib berish qaroriga shunday munosabat bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Gazetaning ta’kidlashicha, AQSh hanuzgacha “Janubiy Koreya qurolli kuchlaridan KXDRga qarshi tajovuzkorona urushda zarba beruvchi kuch sifatida foydalanishga umid bog‘lamoqda”. Shuningdek, AQSh ma’muriyati “Janubiy Koreyani katta daromad olish uchun Amerika qurol-yarog‘larini o‘tkazishning asosiy bozoriga aylantirishni maqsad qilgan milliy harbiy-sanoat kompleksini qo‘llab-quvvatlamoqda”.
AQSh Davlat depatamenti shu oyda UGM-84L Harpoon Block II qanotli raketalar turkumini Janubiy Koreyaga yetkazib berish bo‘yicha shartnomani tasdiqladi. Bosh pudratchi — Boeing kompaniyasi.
Izoh (0)