Janubiy Koreya razvedkasi KXDR rahbari Kim Chen In o‘tgan haftada Yapon dengizi sohilidagi Vonsan portiga tashrif buyurib, suvosti kemasidan ballistik raketaning muvaffaqiyatsiz uchirilishini shaxsan kuzatganini da’vo qilmoqda. Koreya Respublikasi davlat razvedka agentligi direktori Li Byon Xo mazkur mavzudagi ma’ruzasini 30-noyabr, dushanba kuni taqdim etdi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Ushbu xulosalar Shimoliy Koreya matbuotining Kim Chen In 27-noyabr kuni Vonsandagi poyafzal fabrikasini borib ko‘rgani haqidagi xabarlariga asoslangan. Razvedkaning ta’kidlashicha, ertasiga, 28-noyabr kuni Shimoliy Koreya Vonsan yaqinida, Yapon dengizida ballistik raketani uchirishga harakat qilgan, biroq parvoz muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Buni Kim Chen In shaxsan kuzatgan.
2015-yil 8-mayda ilk bor Shimoliy Koreya suvosti kemasidan ballistik raketa uchirilishi ham mamlakat rahbari kuzatuvi ostida o‘tgan, o‘shanda raketa 150 metrga ko‘tarilib, so‘ng pastga qulagandi. Bu gal esa raketa suv yuzasiga ham chiqolmagan.
Izoh (0)