Nyu-Yorkning (AQSh) Bruklin hududida politsiya o‘zini besh qavatli uy derazasidan tashlamoqchi bo‘lgan erkakni ulkan to‘r yordamida qutqarib qoldi. Bu haqda New York Post xabar bermoqda.
Amerikalik bir necha soat davomida kiyimlari va buyumlarini pastga uloqtirgan, ayni paytda vaqti-vaqti bilan deraza tokchasiga chiqib, o‘tkinchilar bilan ingliz va rus tillarida muloqotda bo‘lgan. Mazkur uyga yetib kelgan Nyu-York politsiyasi xodimlari erkakni kvartiraga kirishga undagan, biroq u “Agar ichkariga kirsam meni albatta o‘ldirasiz, buni hech kim ko‘rmaydi!” deya qichqirgan.
Toqati toq bo‘lgan bir necha politsiyachi uy tomiga chiqib, u yerdan pastga to‘r tashladi, ularning pastki qavatdagi hamkasblari esa to‘rni mahkam bog‘lab, amerikalikning derazadan tushadigan yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Qutqaruv operatsiyasi yakunlanganidan so‘ng erkak tekshiruv uchun Koni-Aylenddagi kasalxonaga olib ketildi.
Izoh (0)