Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidentlik saylovlarida OFK prezidenti shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifaga ovoz beradi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Ushbu qaror OFK ijroiya qo‘mitasining 27-noyabr kungi majlisida qabul qilindi.
Avvalroq FIFA prezidenti lavozimi uchun yana bir nomzod — Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) bosh kotibi Janni Infantino Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMEBOL)dan qo‘llab-quvvatlash va’dasini olgan edi.
FIFA prezidentligiga saylovlar 2016-yil 26-fevralda tashkilotning navbatdan tashqari kongressida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)