Toshkent lok-bo‘yoq zavodi hududida ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash hamda zamonaviy, ekologik toza texnologik park tashkil etish bo‘yicha investitsion loyiha amalga oshiriladi. Bu haqda loyihani joriy etayotgan Techno Color kompaniyasi vakili ma’lum qilgan, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.
“Polshalik investorlar bilan hamkorlikda 2016—2020-yillarda yangi ishlab chiqarish binolari qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish yo‘li bilan zamonaviy kompleks barpo etish rejalashtirilmoqda. Lok-bo‘yoq va emal mahsulotlari chiqaruvchi eskirgan quvvatlar qayta jihozlanib, zamonaviy, energiya tejovchi, ixcham zavodga aylantiriladi”, — deya ta’kidlagan Techno Color vakili.
Yangi kompleksda avtoparkka ega logistik markaz bo‘ladi. Shuningdek, ichki bozor va eksport uchun qurilish materiallari, xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarish yuzasidan loyihalar ham rejalashtirilgan. Ularning joriy etilishi natijasida 1500 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Toshkent lok-bo‘yoq zavodi 1945-yilda o‘z faoliyatini boshlagan. 2014-yilda salkam 12 milliard so‘mlik 2393 tonna mahsulot ishlab chiqarilgan.
Izoh (0)