Rossiyaning Suriyadagi vakolatxonasi xavfsizligini kuchaytirish zarurati ortib bormoqda: yaqinda Rossiyaning Damashqdagi elchixonasi yana minomyotlardan o‘qqa tutilgan. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Damashqdagi diplomatik vakolatxonamiz, umuman, Suriyadagi fuqarolarimiz xavfsizligini ta’minlash yo‘lida qilayotgan sa’y-harakatlari uchun Suriya tomoniga minnatdorchilik bildiraman. Afsuski, bunday choralarga ehtiyoj saqlanib qolmoqda, hatto kuchaymoqda: 23-noyabr kuni elchixonamiz hududiga yana minomyot snaryadi tushgan”, — deya ta’kidlagan Lavrov suriyalik hamkasbi Volid Muallim bilan muzokaralari chog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Suriyadagi elchixonasi ilgari ham minomyotdan bir necha marta o‘qqa tutilgandi.
Izoh (0)