26-noyabr, payshanba kuni Meksikaning Magnicharters aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan Boeing-737 samolyotining Mexikoda qo‘nish paytida shassi tirgaklaridan biri sinib ketdi. Bu haqda Associated Press xabarlar agentligi bergan ma’lumotlarga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Hodisa sodir bo‘lgan vaqtda layner bortida 139 yo‘lovchi va besh nafar ekipaj a’zosi bor edi. Ularning hech biri zarar ko‘rmagan. Samolyot Meksikaning Kankun shahridan uchib kelayotgan edi.
Ushbu voqea tufayli aeroportning uchish-qo‘nish yo‘laklaridan biri to‘rt soatga yopib qo‘yildi.
Nosozlik sabablari aniqlanmoqda.
Izoh (0)