Rossiya tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolariga Turkiyaga borishni tavsiya etmaydi. Bu haqda tashqi siyosiy idora rahbari Sergey Lavrov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Uning aytishicha, Turkiyada ortib borayotgan terrorchilik xavfi Misrdan aslo kam emas.
Turkiya Rossiyaning Su-24 samolyoti bilan bog‘liq hodisadan so‘ng AQSh, Fransiya, Xitoy va Buyuk Britaniya elchilarini chorlagan. O‘z navbatida, Rossiya mudofaa vazirligi Turkiyaning mamlakatdagi harbiy attashesini chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya Davlat dumasi vitse-spikeri Nikolay Levichev «Rosaviatsiya»dan Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi aviaqatnovlarni to‘xtatish imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘ragani to‘g‘risida xabar bergandik.
Izoh (0)