Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriya—Turkiya chegarasida Rossiyaning Su-24 samolyoti qulashini “terrorchilarning sheriklari tomonidan orqadan berilgan zarba” deb atadi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyada Rossiya bombardimonchi samolyotini urib tushirish uchun hech qanday asos bo‘lmagan. Bu haqda u Iordaniya qiroli Abdulla Ikkinchi bilan uchrashuvda aytib o‘tgan.
“RIA Novosti”ning Rossiya prezidenti so‘zlariga asoslanib yozishicha, hujum uyushtirilgan vaqtda Rossiya samolyoti Turkiya chegarasidan bir kilometr uzoqlikda bo‘lgan, qulagan joyi esa chegaradan to‘rt kilometr masofada.
Putinning ma’lum qilishicha, Su-24 samolyotining qulashi Rossiya—Turkiya munosabatlari uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi.
Rossiya yetakchisining qayd etishicha, IShIDga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro koalitsiyadagi Turkiyaning hamkori — AQSh bilan havodagi hodisalardan ogohlantirish to‘g‘risidagi kelishuvga qaramay, Su-24 urib tushirildi.
Putinning qayd etishicha, avvallari Rossiya Turkiyani nafaqat qo‘shni davlat, balki yaqin do‘st mamlakat sifatida hurmat qilar edi.
Voqea: Turkiya urib tushirgan Su-24
Rossiya Mudofaa vazirligining qayd etishicha, Rossiya samolyoti Turkiya hududiga kirmagan.
Izoh (0)