“Hushyor Rossiya” loyihasi va axborot kommunikatsiyalari markazi tomonidan tayyorlangan “Hushyorlik milliy reytingi”da Checheniston Rossiyaning eng hushyor mintaqasi deb topildi. Bu haqda respublika rahbari Ramzan Qodirov livejournal’dagi shaxsiy blogi orqali ma’lum qildi.
“Bu hokimiyat tarmoqlari, ruhoniylar, jamoat tashkilotlarining mislsiz mehnati natijasi. Hozir respublika ko‘chalarida mast kishini ko‘rish mumkin emas. Spirtli ichimliklar faqat kechki sakkizdan ertalabgi o‘ngacha sotilmoqda. Restoran va kafelar menyusidan alkogol o‘rin olmagan.
Mamlakatimizning barcha mintaqalarida aholi tomonidan alkogol iste’mol qilinishi keskin kamayishini istayman. Rossiya hushyor davlat bo‘lishi lozim!” — deya ta’kidlagan Qodirov.
Izoh (0)