Zimbabveda eng xunuk erkak unvonining yangi sohibi aniqlandi, deb xabar qiladi “Segodnya.ua”.
Afrikaning ushbu davlatida har yili eng badbashara erkaklar o‘rtasida musobaqa o‘tkaziladi.
Oxirgi tanlovda Meyson Sare ismli 42 yoshli ishsiz fuqaro g‘olib deb topildi. O‘tgan yilgi g‘olib o‘z raqibiga baho berar ekan, hakamlar hay’atini noxolislikda aybladi.
Meyson Sare Mr. Ugly tanlovida g‘olib chiqqanidan behad xursandligini yashirmadi. Old tishlari bo‘lmagan Sare konkursga yirtiq kombinezonda keldi. Unga pul mukofoti berildi.
Izoh (0)