Janubiy Koreya sobiq prezidenti Kim Yon Sam 87 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda “Kommersant.ru” “Ryonxap” agentligiga tayanib.
U mamlakatni 1993-yilning 25-fevralidan 1998-yilning 25-fevraligacha boshqargan.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Kim Yon Sam 19-noyabr, payshanba kuni yuqori harorat bilan kasalxonaga yotqizilgan. Mahalliy vaqt bilan 22-noyabr 00:21 (Toshkent vaqti bilan 21-noyabr 20:21)da shifokorlar uning o‘limini qayd etdi. Bunga o‘tkir yurak yetishmovchiligi va sepsis sabab bo‘ldi.
Izoh (0)