Britaniyalik Mayk Blumfild yangi tug‘ilgan o‘g‘liga sevimli klubi (“Milluol”), u joylashgan Londondagi tuman (Bermondsi), shuningdek, ushbu klub o‘yinlar o‘tkazadigan stadion (“Den”) sharafiga Bermondsi Milluol Den deb ism qo‘ydi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Mayk o‘g‘liga nima deb ism berishi haqida rafiqasini xabardor qilmagan.
“Devid Bekxem o‘z farzandiga Bruklin [Nyu-Yorkdagi tuman sharafiga] deb ism qo‘yganida, men o‘g‘limni Bermondsi deb atay olmaymanmi? Men shunchaki Milluollni yaxshi ko‘raman…” — dedi Blumfild.
Bolaning onasi o‘g‘lining ismidan ko‘ngli to‘lganini, uni o‘ziga xos deb hisoblashini aytdi.
Izoh (0)