Mali poytaxti Bamakodagi Radisson Blu mehmonxonasi terrorchilar tomonidan egallab olinishi oqibatidba halok bo‘lganlar soni, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qqiz kishiga yetdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, mehmonxonaga avval xabar berilganidek ikki nafar emas, balki 10 nafar qurollangan kishi hujum uyushtirgan. Bu vaqtda mehmonxonada kamida 170 kishi bo‘lgani aytilmoqda.
Avvalroq terrorchilar mehmonxonada garovga olinganlarning bir qismini qo‘yib yuborgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)