Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Buryatiya Respublikasi poytaxti Ulan-Udeda “Yedinaya Rossiya” partiyasi boshlang‘ich tashkilotlaridan birining rahbari Aleksandr Putin partiya majlisi vaqtida vafot etdi. Bu haqda “Znak.com” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, Aleksandr Putin “Yedinaya Rossiya”dagi faoliyatidan tashqari o‘qituvchi sifatida ishlardi.
Taxminlarga ko‘ra, Putinning o‘limiga takroriy infarkt sabab bo‘lgan. Hodisa joyiga yetib kelgan shifokorlar Aleksandr Putinni jonlantirishga harakat qilgan, biroq barcha harakatlar zoe ketgan.
Izoh (0)