Mali poytaxti Bamakodagi Radisson Blu mehmonxonasini egallab olgan terrorchilar garovdagilarning bir qismini ozod etdi. “TASS” xabariga ko‘ra, aynan qancha odam asirlikdan qutulganiga aniqlik kiritilmayapti.
Agence France-Presse agentligining hodisa joyidan xabar berishicha, xavfsizlik xizmat vakillari ikki ayolni garovdan ozod qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Avvalroq, ikki terrorchi Bamakodagi Radisson Blu mehmonxonasini egallab olgani, mehmonxona ichida kamida 170 kishi borligi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)