Fransiyada Parijdagi teraktlar qurbonlarini umummilliy xotirlash kuni 27-noyabr, juma kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Yelisey saroyi ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Asosiy marosim Parijdagi Nogironlar uyining cherkovida bo‘lib o‘tadi. Tadbir mahalliy vaqt bilan 10:30 (Toshkent vaqti bilan 14:30) da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 13-noyabr kuni Parijdagi ketma-ket teraktlar natijasida 129 kishi halok bo‘ldi.
- Voqea: Parijdagi teraktlar
Izoh (0)