Buxarestdagi Colectiv tungi klubida ro‘y bergan yong‘in qurbonlari soni 58 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Digi 24 telekanalining ma’lum qilishicha, fojianing navbatdagi qurboni — oldinroq Germaniyadagi kasalxonalardan biriga yotqizilgan 28 yoshli qiz 20-noyabr, juma kuni olamdan o‘tgan. Ayni paytda Buxarest kasalxonalarida 45 kishi qolmoqda. Ulardan 13 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir holatda. Xorijiy kasalxonalarga 29 kishi joylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq tungi klubdagi yong‘in oqibatida 56 kishi nobud bo‘lgani to‘g‘risida xabar bergandik.
Izoh (0)