Buxarestdagi tungi klubda ro‘y bergan yong‘in qurbonlari soni 56 kishiga yetdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
16-noyabr, dushanba kuni Ruminiya poytaxtidagi “Avliyo Ioann” kasalxonasida og‘ir ahvolda yotgan 18 yoshli qiz hayotdan ko‘z yumgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq tungi klubdagi fojia oqibatida 50 kishi nobud bo‘lgani haqida xabar bergandik.