London metrosida bir necha marta smartfon o‘g‘irlagan cho‘ntakkesarga sud majlisigacha kunning tig‘iz qismida metroda yurish taqiqlandi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
49 yoshli Donald Xannigen tig‘iz paytlarda metroga tushib, bir hafta ichida yo‘lovchi ayollardan jami 1630 funtlik uchta gadjetni o‘marishga muvaffaq bo‘ldi.
Xannigen 2009-yilda kisavurlik uchun sud tomonidan javobgarlikka tortilgan, o‘shanda unga yarim yillik shartli muddat tayinlangan edi. Yangi cho‘ntak o‘g‘irliklari bo‘yicha sud majlisi 24-noyabrga belgilangan.
Raislik qiluvchi sudya Kerolayn Mishon erkakka kunning tig‘iz qismlari — ertalabki 8—10 va kechki 5—7 oralig‘ida metroda harakatlanishni taqiqlashga qaror qildi.
Izoh (0)