Mali prezidenti Ibrohim Bubakar Keyta Chadga tashrifini favqulodda to‘xtatib, yaqin soatlarda Bamakoga qaytadi. Bu haqda, Mali prezidenti devoniga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“G5 Sahel sammitida ishtirok etish uchun Chad poytaxti Njamenada bo‘lib turgan Mali prezidenti Ibrohim Bubakar Keyta tashrifni to‘xtatdi va yaqin soatlarda Bamakoga yetib keladi”, — deyiladi prezident ma’muriyatining Twitter’dagi sahifasida.
20-noyabr, juma kuni 10 ga yaqin qurollangan shaxslar Mali poytaxti Bamakodagi Radisson Blu mehmonxonasini egallab oldi. Hujum uyushtirilgan vaqtda mehmonxona ichida kamida 170 kishi bo‘lgan. Xavfsizlik kuchlari 20 kishini garovdan qutqargani aytilmoqda.
Izoh (0)