Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 20-noyabr, juma kuni Rim papasi Fransisk bilan uchrashdi. Bu haqda Ukraina prezidentining matbuot xizmati xabar berdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Poroshenkoning Vatikanga tashrifi Ukraina prezidenti va uning rafiqasini papa saroyi odidagi San-Damazo maydonida rasmiy kutib olish marosimi bilan boshlandi. Shundan so‘ng Poroshenko Fransisk bilan uchrashuvga yo‘l oldi.
Ukraina prezidenti Italiya rahbariyati bilan ham uchrashib, ikki tomonlama va xalqaro hayotga oid dolzarb masalalarni muhokama qildi.
Izoh (0)