Farg‘ona shahridagi Kichik halqa yo‘lining 14,2 kilometrlik qismida qurilish ishlarining birinchi bosqichi yakunlandi, deya xabar bermoqda “Farg‘ona haqiqati” gazetasi.
Alisher Navoiy va Al-Farg‘oniy shoh ko‘chalari, Sayilgoh va Qori Niyoziy ko‘chalarining birinchi bosqichi, Quvasoy ko‘chasining rekonstruksiya ishlari tugallandi. Quvasoy va Oqariq ko‘chalarini birlashtiruvchi yangi E’tiqod ko‘chasi barpo etildi.
“Hozir Al-Farg‘oniy, Qori Niyoziy, Sayilgoh ko‘chalarining ikkinchi bosqichi, Sohibqiron Temur ko‘chasini Al-Farg‘oniy ko‘chasi bilan bog‘lovchi 4,5 kilometr uzunlikdagi yangi yo‘l qurilishi ishlari jadal davom ettirilayapti”, — deyiladi gazeta xabarida.
Avvalroq shahar bosh rejasini amalga oshirish uchun 2012-yildan beri 922 milliard so‘m sarflangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)