Boshqirdiston poytaxti Ufa shahrida 9—12-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Kumush Akbuzat” II xalqaro milliy va etnik kinofestivali doirasida o‘zbek kinosi kuni o‘tkaziladi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, bu yilgi festivalda ishtirok etish uchun turli mamlakatlardan 258 ta talabnoma kelib tushgan. Ular orasidan tanlov dasturi uchun Rossiya, Armaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Hindiston, Latviya, Bangladesh, Eron, Ozarbayjon, Misr va Estoniya kino ustalarining 25 ta filmi saralab olingan.
Tanlovdan tashqari dastur doirasida esa Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar, jumladan, O‘zbekiston kinosi kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)