Misrda halokatga uchragan Rossiya samolyoti parvozining so‘nggi soniyalaridagi “qora quti”da yozilgan ovoz 90 foizga bomba ovoziga o‘xshash. Bu haqda tekshiruvlarning nomini oshkor etmagan ishtirokchisi Reuters agentligiga ma’lum qilgan, deya xabar beradi “RBK”.
“Qora quti” yozuvlari tahlili ovoz bombaga tegishli ekanligidan dalolat bermoqda, — deya ta’kidlagan manba. — Biz bu bomba ekanligiga 90 foizga ishonchimiz komil”.
7-noyabr, shanba kuni A321 halokati sabablarini tekshirish komissiyasi rahbari Ayman al-Muqaddam Qohiradagi matbuot anjumanida samolyot ovoz yozib oluvchi qurilmasida oxirgi soniyalarda yot shovqinlar eshitilgani, ekspertlar mazkur holat yuzasidan ma’lumot to‘plashda davom etayotganini bildirgan.
Izoh (0)