AQSh prezidenti Jon Kennedi 1963-yil, 22-noyabrda, o‘ldirilishi chog‘ida bo‘lgan “Ford” avtomobili raqam belgilari Dallasdagi auksionda sotildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Dallasdagi fojiadan so‘ng limuzin ta’mirga jo‘natilgan, sariq belgilar esa ro‘yxatdan chiqarilgandi. Keyinchalik ta’mirlash ishlarini olib borgan kompaniya egasi belgilarni qiziga qoldirgan, u esa shuncha payt oshxonasidagi javonda saqlab kelgandi.
Auksion tashkilotchilarining aytishicha, belgilar Kennedi oilasi bilan bog‘liq barcha narsalarni kolleksiya qiladigan, nomi oshkor etilmagan xaridor tomonidan 100 ming dollarga xarid qilingan.
Izoh (0)