AQSh harbiy-dengiz kuchlari (HDK) Kaliforniya janubiy qirg‘og‘ida Trident II qit’alararo ballistik raketasini muvaffaqiyatli ravishda sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Trident II raketasining rejali sinov uchirilishi “Kentukki” atom suvosti kemasi bortidan amalga oshirildi”, — deya ma’lum qildi HDK rasmiy vakili Rayan Perri.
Raketa qaysi yo‘nalishda uchirilgani haqida ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)